Dekan o‘rinbosari pora olayotgan paytida qo‘lga olindi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani o‘rinbosari abituriyentga mazkur oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda yordam berishini aytib, 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan.

Foto: guvd.uz

2017-yilning 10-iyul kuni taxminan soat 16:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Abduraimova Gulchiroy Ozotovna, fuqaro Maxmudov Lazizning ishonchiga kirib, tanishi Axmedov Olimjonni mazkur universitetga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning uchun undan 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

“Oliygohga o‘qishga kirish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, buning uchun pora bergan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishlari belgilangan”, – deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar