Foto: РИА Новости

Davlat xaridlarida import o‘simlik yog‘iga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq olib tashlandi

Hukumatning 1-iyundagi qarori (336-sonli) bilan “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartish kiritildi.

Hujjatga muvofiq, Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) roʻyxatidan quyidagilar chiqarib tashlandi:

  • soya, araxis, zaytun yogʻi (TIF TN kodlar: 1507101000, 1507901000, 1508101000, 1509101000, 1509900000);
  • kungaboqar yogʻi (TIF TN kodlari: 1512111000, 1512191000, 1512199002);
  • paxta yogʻi (TIF TN kodlari: 1512211000, 1512291000).

2020-yilda mamlakatda 450 ming tonnadan ziyod oʻsimlik yogʻi sotildi, shundan 254 ming tonnasi (56,4%) import qilingan.

Tashqi va ichki bozorlarda oʻsimlik moyiga boʻlgan talab oshgan bir sharoitida davlat xaridlarida ishtirok etishning taqiqlanishi davlat tomonidan nazorat qilinadigan yogʻ ishlab chiqaruvchilarga qoʻshimcha bosimni vujudga keltirdi.

Aprel oyi oxirida prezident oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagining importini QQSdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritildi.

Fevral oyi boshida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun hukumat xorijda ishlab chiqarilgan 529 turdagi tovarlarning davlat xaridlarida ishtirok etishiga vaqtinchalik taqiq qoʻygan edi. Ular orasida oziq-ovqat mahsulotlari, mebellar, qurilish materiallari, maishiy texnika, shokolad, avtoulovlar, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqalar bor. Shu bilan birga, tovarlar orasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yoki kichik hajmlarda ishlab chiqariladigan disklar, flesh-disklar, sxemalar, terminallar, kassa apparatlari, motor moyi, insulin va boshqa shu kabi tovarlar ham bor edi.

Latest from Blog