Davlat test markazi direktori o‘zgardi

Majid Karimov Davlat test markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Foto: UZ24

4 yil davomida Toshkent davlat texnika universitetiga rahbarlik qilgan texnika fanlari doktori Majid Karimov 2016-yil 10-avgustida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari lavozimini egallagandi.

Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi va shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Majid Karimov Davlat test markazini 2014-yildan beri boshqarib kelgan Jahongir Ismoilovni almashtirdi.

Latest from Blog