Davlat tashkilotlarida“Sport targʻibotchisi” lavozimi joriy etiladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar qildi.

xs.uz

Unga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida:

mehnat jamoalarida sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan xodimga qoʻshimcha vazifa yuklash orqali “Sport targʻibotchisi” lavozimi joriy etiladi va mazkur vazifalar yuklatilgan xodimning ish haqiga qoʻshimcha ravishda 30 foiz miqdorda ustama belgilash yoʻlga qoʻyiladi;

mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajor zali, Workout maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida:

ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;

haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda (yugurish, suzish, futbol, badminton voleybol, basketbol, tennis va boshqalarda) ishtirok etishini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni”;

muntazam ravishda xodimlar orasida ommaviylashgan sport turlari boʻyicha sport musobaqalari va boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar oʻtkazib borilishi;

texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlariga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash amaliyotga joriy etiladi.

Mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilib borish ‒ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga:

respublikadagi barcha mehnat jamoalarida xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi hamda buning uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish masalalarini kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi jamoa shartnomalari mazmuniga kiritish;

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” maxsus sport sinovlari boʻyicha sovrinli oʻrinlarni (I, II, va III oʻrin) qoʻlga kiritgan davlat tashkilotlari rahbar va xodimlarini yiliga bir martalik dam olish maskanlari yoki sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish tartibini joriy etish;

jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, shuningdek, ishchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qiladigan ish beruvchilarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish tavsiya etiladi.

Avvalroq ushbu qaror loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda 1 yilda 3,6 million qadam piyoda yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz imtiyoz berilishi maʼlum boʻlgandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog