Davlat organlari mansabdor shaxslari televideniye ko‘rsatuvlarida ishtirok etadi

1

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-mart kungi qarori Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan, deb yozadi Daryo nashri Normaga tayanib.

Mazkur hujjat bilan institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi, umumiy shtat soni — markaziy apparat tarkibi va uning bo‘linmalari bilan 115 nafar etib ma’qullandi.

Qarorda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari Institut bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi kerakligi ta’kidlangan. Jumladan, ularning rahbariyati talab etilgan ma’lumotlar, materiallar va o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha bildirilgan tavsiyalarni o‘z vaqtida taqdim etishi lozimligi qayd etildi.

Joriy yilning ikkinchi yarimidan boshlab markaziy va mahalliy telekanallarda davlat organlari mansabdor shaxslari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokidagi qo‘shma teleko‘rsatuvlar namoyishi yo‘lga qo‘yiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog