Foto: EPA/SVEN HOPPE

Davlat departamenti Jon Kerrining kelasi hafta Moskvaga tashrifini tasdiqladi

/

AQSh prezidentining iqlim oʻzgarishi boʻyicha maxsus vakili Jon Kerri 12-15 iyul kunlari Rossiyada boʻladi, deya tasdiqladi Davlat departamenti.

“Prezidentning iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili Jon Kerri 2021-yil 12-15- iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib, Rossiya hukumati rasmiylari bilan uchrashib, global iqlim ambitsiyalarini kengaytirishning turli yoʻllarini muhokama qiladi”, — deyiladi AQSh Davlat departamentining bayonotida.

Avvalroq Rossiya TIV mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi hafta Rossiyaga tashrif buyuradigan AQSh prezidentining iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili Jon Kerri bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

“Biz tasdiqlaymiz”, deb yozgan Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova oʻzining telegram-kanalida.

Avvalroq Interfaks Rossiya prezidentining iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili idorasida Ruslan Edelgeriyevning Moskvada tashrif bilan boʻladigan amerikalik hamkasbi Jon Kerri bilan 13 iyul kuni uchrashgani tasdiqlangandi. Edelgeriyev va Kerri iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda ikki tomonlama va koʻp tomonlama asosda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari toʻgʻrisida fikr almashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Edelgeriyev va Kerri yadro va vodorod energetikasining past uglerodli rivojlanishga oʻtishni taʼminlashdagi roli va bu sohada ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishadi.

Latest from Blog