Davlat boshqaruv organlarining matbuot xizmatlari faol ishlay boshlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15-fevralda imzolangan 125 sonli qaroriga muvofiq, bundan buyon barcha Davlat boshqaruv organlarida matbuot xizmati faoliyati takomillashtiriladi.

Foto: STADA

Ushbu qarorning asosiy maqsadi – davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari va aholi orasida samarali va ochiq suhbatni yoʻlga  qoʻyish, keng jamoatchilikni operativ maʼlumot bilan oʻz vaqtida taʼminlashdir.

Qarorda, davlat va xoʻjalik boshqaruv organi rahbari  ushbu vazifani amalga oshirish uchun shaxsan javobgarligi alohida aytib oʻtilgan.

Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining axborot xizmatlarining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • davlat va xoʻjalik organi faoliyati haqida keng jamoatchilikni operativ va obʼyektiv maʼlumot bilan taʼminlash;
  • OAVlar va boshqa davlat organlari matbuot xizmatlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • davlat organining rasmiy veb-sahifasida, ijtimoiy tarmoqlarda va mobil ilovalarda  maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilab turish;
  • axborot maydoninini monitoring qilish va oʻrganish, boshqa muassasalar axborot xizmatlari bilan hamkorlik qilish natijasida tahliliy materiallar yaratish;
  • kamida bir oyda bir marotaba brifinglar, matbuot anjumanlari tashkil qilish, jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruv organi rahbari ishtirokida;
  • foto, audio va video materiallar zahirasini yaratish va boshqalar.

Shuningdek, Oʻzbekiston Axborot va matbuot agentligi va oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi zimmasiga esa bir yilda yubir martotaba “eng yaxshi matbuot xizmati”, “matbuot xizmatlari faoliyatini yorituvchi eng yaxshi jurnalist”, kabi nominatsiyalar boʻyicha tanlovlash tashkil qilish topshirilgan.

Qarorning toʻliq matni bilan quyida tanishing.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar