//

COVID-19 vaksinasidan soʻng Buyuk Britaniyada AstraZeneca’dan 30 ta tromboz holati aniqlandi

epa09108285 A nurse prepares a dose of Vaxzevria (formerly Covid-19 vaccine AstraZeneca) against COVID-19 during the vaccination at Bucharest Polyclinic in Skopje, Republic of North Macedonia has started mass inoculation against COVID-19 with 24,000 doses of the Vaxzevria (previously COVID-19 Vaccine AstraZeneca) vaccine, which arrived in Skopje on 28 March through the World Health Organization (WHO) COVAX program. EPA/GEORGI LICOVSKI

Buyuk Britaniyaning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini tartibga solish agentligi, AstraZeneca koronavirus vaksinasi bilan emlanganidan keyin bemorlarda trombozning 30 ta holatini aniqlaganini maʼlum qildi.

Avvalroq, Britaniyaning tibbiy regulyatori 11 million emlashdan soʻng miyadagi trombozning beshta holati haqida xabar bergan edi.

Payshanba kuni miya venoz sinuslari trombozi haqida 22 ta va emlashdan keyin tromboz bilan bogʻliq boshqa hodisalar haqida sakkizta xabarni qoʻshdi. Mamlakatda jami 18,1 million dozali AstraZeneca tatbiq etilgan.

Shu bilan birga, agentlik BioNTech SE va Pfizer Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinadan foydalangandan keyin bunday xabarlarni olmaganligini aytdi.

Baʼzi mamlakatlar AstraZeneca vaksinasini nojoʻya taʼsirlari haqida xabarlar tufayli vaqtincha toʻxtatib qoʻyishdi, ammo baʼzilari yuqumli kasalliklar koʻpayib, vaksinalar yetishmasligi sharoitida uni qayta tikladilar.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog