COVID -19’ga qarshi vaksina uchun qancha akula oʻldirilishi maʼlum qilindi

Kaliforniyada akulalarni himoya qilish guruhi ekspertlari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 500 mingta akula oʻldirilishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda “Ria.ru” sayti “Telegraph” gazetasiga asoslanib xabar qildi.

ohont.ru

Taʼkidlanishicha, akula jigarida hosil boʻladigan skvalen moddasi ayrim COVID -19 vaksinalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuningdek, Buyuk Britaniya “GlaxoSmithKline” farmatsevtika kompaniyasi grippga qarshi vaksina tayyorlashda akula jigaridan olinadigan skvalen moddasidan foydalanadi.

Kompaniya may oyida koronavirusga qarshi vaksinalarda ushbu qoʻshilmani tayyorlash uchun milliard dozani ishlab chiqarish rejalashtirayotganini maʼlum qilgandi.

“Shark Allies” akula himoyachilari guruhi maʼlum qilishicha, dunyodagi barcha odamlar skvalen oʻz ichiga olgan COVID-19 vaksina bilan emlanishi uchun taxminan 250 000 akulani oʻldirish kerak boʻladi, agar har bir kishiga ikkita emlash kerak boʻlsa, bu hisob ikki baravarga koʻpayadi.

Ammo, “GlaxoSmithKline” vakili kompaniyaning “atrof-muhitni asrash tamoyillariga qatʼiy rioya qilishi va iloji boricha muqobil xomashyo manbalaridan foydalanish yoʻllarini oʻrganishini” taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, iyul oyi boshida ikki farmatsevtika kompaniyasi — Fransiyaning “Sanofi” va Britaniyaning “GlaxoSmithKline” (GSK) bilan 60 million doza COVID -19ga qarshi vaksina yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzdi. Yil oxiriga qadar kompaniyalar koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlashga umid qilmoqda. Aprel oyida ushbu kompaniyalar birgalikda koronavirusga qarshi vaksina yaratishini maʼlum qildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog