Foto: Tut.by

COVID-19 ni tan olmagan Tanzaniya prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida maʼlum qildi.

Davlat rahbari mart oyi boshidan beri omma koʻziga koʻrinmay qolgan, muxolifat uning qoʻshni Keniyada COVID-19 dan davolanayotganini bildirgandi.

Magufuli pandemiya boshidan beri mamlakatda karantin joriy qilmagan va oʻz tarafdorlariga duo bilan davolanishni tavsiya qilgandi. U koronavirusga qarshi emlanishning ustidan kulib, niqob taqmay yurgan, u boshqargan paytda Tanzaniya koronavirusga chalinganlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni ham eʼlon qilmagan.

Magufuli soʻnggi bor 27-fevral kuni ommaga koʻrinish bergan. Oʻtgan haftada mamlakat bosh vaziri prezidentning sogʻ-salomat ekani va koʻp ishlayotganini bildirgan. Huquqiy munosabatlar vaziri Mvigulu Nchemba esa Tvitterdagi oʻz sahifasi orqali prezident “har kuni sizning yoningizdan chopib oʻtishi lozim boʻlgan yugurish boʻyicha murabbiy emas”, deb yozgan edi.

The Financial Times nashri xabariga koʻra, avvalroq Magufuli xastalikka chalinganiga oid gap-soʻzlarni tarqatganlik iddaosi bilan Tanzaniyada kamida toʻrt kishi hibsga olingan.

Mamlakat muxolifati prezident oʻtgan haftadayoq oʻlgan boʻlishi mumkinligini aytmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Magufuli mamlakatning yirik shahri boʻlmish Dorussalomda yurak xastaligidan vafot etgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar