COVID-19: Karantin cheklovlarini olib tashlashda hushyorlikni yoʻqotmaslik lozim

JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus, COVID-19 bilan kurashish uchun qoʻyilgan cheklovlarni yumshatish zarurligini eʼtirof etib, hushyorlikni kamaytirmaslik va koronavirus infeksiyasi qayta yuqishi ehtimoliga tayyor boʻlish kerakligidan ogohlantirdi.

Foto: Al Jazeera

Jismoniy masofani saqlash uchun koʻrilgan choralar bilan birgalikda koʻplab mamlakatlar odamlarda test sinovlarini oʻtkazishni koʻpaytirishga, infeksiya yuqtirgan odamlar bilan aloqalarni kuzatishga, ularni izolyatsiya qilish va bemorlarni davolash imkoniyatlarini kengaytirishga muvaffaq boʻldilar. Bu doktor Tedrosning fikricha, virusning trayektoriyasini tushunish va uning tarqalishini oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi hamda sogʻliqni saqlash tizimidagi yukni kamaytiradi.

– Shu bilan birga, bunday qatʼiy choralar insonlar uchun qimmatga tushadi. — deya tan oladi JSST Bosh direktori. “Biz karantinning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari naqadar jiddiyligini va ular odamlar hayotiga qanchalik salbiy taʼsir koʻrsatayotganini koʻrmoqdamiz.“

Doktor Tedros, cheklovlarni asta-sekin, bosqichma-bosqich olib tashlash iqtisodiyotni tiklash va odamlarga pul ishlash uchun imkoniyat yaratishda muhim ahamiyatga ega, degan fikrga qoʻshiladi. Shu bilan birga, u vaziyatni hushyorlik bilan kuzatishga va yangi koronavirus tarqalishi holatlarida darhol nazorat choralarini joriy etishga tayyor boʻlishga chaqirdi.

JSST rahbari cheklovlarni olib tashlash niyatida boʻlgan mamlakatlarga uchta savol bilan oʻzlariga murojaat qilishni taklif qildi. Birinchidan, ular vaziyat ustidan nazorat oʻrnatganmiz deb ayta olishadimi; ikkinchidan, agar kerak boʻlsa, sogʻliqni saqlash tizimi bemorlarning yangi oqimini qabul qilishga qodirmi; va monitoring tizimi yangi infeksiyalarning paydo boʻlishini oʻz vaqtida aniqlay oladimi hamda yuqtirgan odamning aloqa kontaktlarini kuzatishga qodirmi.

Ammo barcha shartlar bajarilgan taqdirda ham, bu virus qaytmaydi degani emas. Buni Uhandagi barcha cheklovlar olib tashlangan COVID-19 infeksiyasining yangi klasteri toʻgʻrisidagi xabarlar tasdiqladi. Tasdiqlangan tashxis qoʻyilgan bemorning koʻplab aloqalari aniqlangandan soʻng, Janubiy Koreyada barcha bar va klublar yana yopildi. Germaniyada cheklovlar yengil boʻlgandan beri, koronavirus infeksiyasi holatlari koʻpaya boshladi.

“Dastlabki serologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, COVID-19 antitanalari aholining nisbatan kam foizida topilgan”, dedi JSST rahbari. — Demak, aholining aksariyat qismi hali ham infeksiyani yuqtirib olishi mumkin.

JSST, shuningdek, maktablarni qayta ochishni rejalashtirgan mamlakatlar uchun ham tavsiyalar berdi. Maktab oʻquvchilarini partalarga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda eʼtiborga olish kerak boʻlgan omillar orasida virus qanday tarqalishi va bu bolalar uchun qanchalik xavfli ekanligi haqida aniq tushuncha mavjud. Muayyan maktab joylashgan hududlardagi epidemiologik vaziyatni hisobga olish, shuningdek, taʼlim muassasalarining nazorat va profilaktika tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash qobiliyatini chindan ham baholash kerak.

Ammo umuman olganda, JSST Bosh direktori taʼkidlaganidek, dunyo hamjamiyati COVID-19 ga qarshi vaksina yaratilmaguniga qadar hushyorligimizni yoʻqotmasligi kerak.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog