Covid-19 boʻyicha muhim tadqiqot olib borayotgan professor otib ketildi

Koronavirus boʻyicha muhim tadqiqot bilan shugʻullanayotgan AQSHning Pittsburg universiteti professori Bing Lyu oʻtgan shanba kuni otib ketilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

0012 Covid-19 boʻyicha muhim tadqiqot olib borayotgan professor otib ketildi
Foto: Novosti Mail.ru

Politsiya departamenti xabariga koʻra, olimning jasadi oʻz uyida boshi, boʻyni, tanasi, oyoq-qoʻllarida oʻq izlari bilan topilgan.

Tergovchilar tanishi Lyuni uyida otib, keyin mashinasiga qaytgan hamda oʻz joniga qasd qilgan deb taxmin qilishyapti.

Detektiv serjant Brayan Kolxeppning soʻzlariga koʻra, olimning oʻlimiga uning kelib chiqishi xitoylik ekanligi sabab boʻlib xizmat qilmaydi.

“Bing SARS-CoV-2 infeksiyasi asosida yotgan hujayra mexanizmlari va boʻlgʻusi hujayraviy ogʻirlashuv prinsiplari haqida juda muhim xulosa qilish arafasida turgan edi“, deyiladi Lyuning Universitet hisoblash va tizimli biologiya kafedrasi boʻyicha hamkasblari maʼlumotida.

Oliy oʻquv yurtining tibbiyot maktabi aʼzolari esa sobiq kasbdoshini iqtidorli tadqiqotchi va ustoz sifatida taʼriflashdi hamda uning ilmiy yutuqlari sharafiga marhum tomonidan olib borilgan izlanishlarni yakunlashga soʻz berishdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog