“Comedy Woman” aktrisasi Yekaterina Varnavaga Ukrainaga kirish taqiqlandi


Teleboshlovchi va rossiyaning “Comedy Woman” teleshousi ishtirokchisi Yekaterina Varnavaga Ukraina hududiga kirish taqiqlandi. Bu haqda «Обозреватель» internet nashri Ukrina xavfsizlik xizmatiga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Varnava Ukrainaga 5 yil davomida kira olmaydi. ushbu qaror mart oyidayoq qabul qilingan.

2017-yilning boshiga qadar Ukraina Rossiyaning 140 ta madaniyat vakillariga Ukrainaga kirishni taqiqlab qo‘ydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog