Chorvoq yo‘lida avtomashinalarning ulkan tirbandligi hosil bo‘ldi

Keyingi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal jazirama ob-havo toshkentliklar va poytaxt viloyati vakillarini salqinlash uchun Chorvoq suv ombori tomon shoshilishga majbur qilgan.

Foto: Korrespondent.uz

Kecha, 9-iyun kuni Chorvoq suv ombori yo‘lida mashinalarning ulkan tarbandligi hosil bo‘lgan. Tirbandlik “Piramida”ga kiraverish qismida hosil bo‘lib, tashqariga chiqayotgan mashinalar yo‘lning ikki yo‘nalishini ham egallab olgan.

Yo‘lovchiklar kunning issiqligidan mashinadan tushib tirbandlik bartaraf etilguniga qadar piyoda ketishgan.

Ushbu hududda xizmat qilayotgan DAN xodimlari muammoni hal qilishgan. Turbandlik bir soatlarda bartaraf etilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog