Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma’lum, lekin bu yakuniy baho emas

O‘zbekistonda ham xorij tajribasining joriy etilishi — avtotransport vositalarining davlat qayd etish raqamlarining maxsus, chiroyli sonlardan iborat to‘plami alohida narxlarda sotilishi haqidagi gap-so‘zlar internetda bir necha oydan beri urchigan edi.

Foto: carzone.uz

Respublika IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev ham jurnalistlar bilan brifingda tez orada ushbu masalaga oydinlik kirituvchi hujjatlar ishlab chiqilishi haqida gapirib o‘tgandi.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarori e’lon qilindi va uning 12-bandiga ko‘ra, 2017-yilning 1-sentabridan avtotransport vositalarining qayd etish davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga ko‘ra to‘lovlarning yuqoriroq stavkasi bo‘yicha tanlab olish, jumladan, ularni kimoshdi savdosi (auktsion) orqali xarid qilish tartibi o‘rnatiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar