Kadr: Telegram

Chirchiqda ish haqlari to‘lanmagan ishchilar hokimlik binosi oldiga namoyishga chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahri hokimligi binosi yaqinida ishchilar namoyishga chiqqani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Qayd etilishicha, ular o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun norozilik bildirgan. Shahar hokimligi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqarolar qurilish tashkilotlari tomonidan ishga jalb qilingan bo‘lib, haqiqatan ham ularga haq to‘lash borasida kechikish yuzaga kelgan. Ular esa muammoni bartaraf etish maqsadida hokimlik mutasaddilariga murojaat qilish uchun to‘plangan.

“Ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18-mayga qadar to‘liq hisob-kitob qilishga o‘zaro kelishilgan. Ayni paytda hokimlik tomonidan muammoni hal qilish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga ishga joylashish masalasi sabab bir guruh ayollar shahardagi yo‘lning qatnov qismi to‘sib qo‘ygandi.

Latest from Blog