Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Chirchiq pedinstituti o‘qituvchisi OTMga kiritib qo‘yish uchun $6000 olayotganda ushlandi

Toshkentda oʻz tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi ushlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departament maʼlumotlariga koʻra, Chirchiq davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi Sh. E. fuqaro B.T. va E.J.ni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan. U departament hamda DXXning Shayxontohur tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 6000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Latest from Blog