Chimyonda yoʻqolgan fuqaro vertolyot yordamida qidirilmoqda

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Snejana ismli fuqaro turmush oʻrtogʻi togʻli hududda yoʻqolib qolganligi haqida murojaat qildi.

Foto: fvv.uz

U turmush oʻrtogʻi qoʻngʻiroq qilib togʻda oyogʻini sindirib olganligini aytgan va FVV xodimlari unga yordamga kelishlarini soʻragan. FVVning maʼlum qilishicha, u toqqa chiqish yoʻnalishini hech kim bilan kelishmay maxsus toqqa chiqish anjomlarisiz va koʻnikmalarsiz piyoda ketganligi aniqlandi.

FVV xodimlari tomonidan 3ta qutqaruv guruhi tuzilib qidiruv ishlari boshlab yuborilgan.

6-iyul kuni qidiruv ishlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyot jalb qilindi.

Hozirgi vaqtda togʻ hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Latest from Blog