Chimyonda adashib qolgan fuqaro qutqarib qolindi

Chimyonda Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari adashib qolgan fuqaro qutqarib qolindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV

Xabarda qayd etilishicha, 10 iyun kuni Boʻstonliq tumani “Chimyon” vohasida Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar Kim Sergey va Shuxrat Yuldashev toqqa sayr qilish maqsadida chiqishgan. Sayohat davomida ulardan biri, yaʼni Shuxrat Yuldashev piyoda qaytayotgan vaqtida yoʻldan adashib qolganligi maʼlum boʻldi.

Olingan maʼlumotga asosan, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tez harakat qilish maxsus otryadi qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Natijada 11 iyun kuni ertalab SH.Yuldashev qutqaruvchilar tomonidan topilgan va yaqin aholi yashash punktiga olib tushilgan.

Sh.Yuldashevga zaruriy tibbiy yordam koʻrsatildi, hozirda uning sogʻligiga xavf yoʻq.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog