Chimyon tog‘larida bedarak yo‘qolgan fuqaro 10 kundan buyon qidirilmoqda

Avval xabar berilganidek, 5-iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Kadaskiy Boris Petrovich tog‘ga chiqish yo‘nalishini hech kim bilan kelishmay maxsus anjomlarisiz va ko‘nikmalarsiz piyoda toqqa chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan.

Foto: fvv.uz

Xabar kelib tushishi bilan FVV xodimlari tomonidan qidiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Vazirlikdan ma’lum qilinishicha, FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini hozirgi vaqtda ham davom ettirmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan B.Kadaskiy bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni Toshkent viloyati favqulodda boshqarmasining navbatchilik qismiga Snejana ismli ayoldan uning eri Boris Chimyonda yo‘qolganligi haqida xabar kelib tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, eri unga qo‘ng‘iroq qilib, oyog‘ini sindirib qo‘yganligini, FVVdan yordam so‘rashini aytgan.

50 yoshli Borisni olib yurgan taksichi uni Qumli dovon oldiga olib borib qo‘yganini ma’lum qildi. Aniq koordinatalar telefon qo‘ng‘irog‘iga qarab aniqlandi.

Mutaxassislarning aytishlaricha, Qumli dovonning 10 km radiusidagi barcha yerlar qidirib chiqilgan, sharsharaga tushib ketishi mumkin bo‘lgan izlar yo‘q. Yirtqichlarning hamlasi ehtimoli juda kam, sababi bu holda kiyim qoldiqlari qolishi kerak.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog