Chilonzorda 10 dan ortiq kishi ishtirokida janjal yuz berdi. Ularning yonidan pichoqlar va “dorixona narkotiklari” topildi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi 21-iyul kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida kuzatilgan yoshlarning janjali yuzasidan tafsilotlarni ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Boshqarma xabari bo‘yicha 21-iyul kuni soat 14:30 da 102 raqamiga Chilonzor tumanining 3-mavzesidagi Cho‘ponota ko‘chasida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi sobiq binosining yaqinida o‘ndan ortiq yoshlar janjallashayotgani aniqlangan.

Hodisa joyiga Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-batalyoni xodimlari yetib borgan. Patrul avtomobilini ko‘rgan yoshlarning bir nechtasi qochib ketgan, yetti nafari qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchilar eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Qo‘lga olinganlardan biri – muqaddam sudlangan 28 yoshli E.Sh. tekshirilganda uning avtomobili salonidan uchta pichoq, barsetkasidan esa 3 flakon “Tropikamid”, 1 flakon “Rinoksil”, 6 ta “Selofen” dorilari topilgan.

Chilonzor tumani IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida hodisaning boshqa ishtirokchilarining shaxslari aniqlanib, so‘ng barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyilgan Toshkent shahar IIBB xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog