Chilonzor tumanida fuqaro 300 grammga yaqin marixuana bilan qo‘lga tushdi

20-may kuni soat taxminan 18:00larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida fuqaro Baratov Erkin (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) yonida bo‘lgan polietilen paket ichidagi shisha idishda og‘irligi 229,77 gramm marixuna giyoxvandlik moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBning matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Illyustratsiya foto: gosindex.ru

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ozginadan ko‘proq miqdorda, qonunga xilof ravishda saqlash)alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Baratovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, shuningdek Baratovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Latest from Blog