Chikagoda mahbuslarga pitsa buyurtma qilishga ruxsat berildi


Chikagodagi qamoqxonalardan birida mahbuslarga pitsani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga buyurtma qilishga ruxsat berildi. Bu haqda Chicago Tribune nashriga tayanib MIR24 xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu tashabbus italiyalik muxojir bosh oshpaz Bruno Abatedan chiqgan. Tashabbusdan maqsad mahbuslar ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.

Ma’lum bo‘lishicha pitseriya qamoqxona hududida joylashgan bo‘lib, 1 ta pitsa narhi 5 yevrodan 7 yevrogacha qilib belgilanadi. Okrug sherifi savdodan tushgan daromad aynan shu dasturni rivojlantirish uchun sarflanashini ma’lum qilgan.

Bizning Telegramdagi kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Fikr bildirish

Latest from Blog