Chexiya prezidenti Babishni bosh vazir etib tayinlash niyatida

Chexiya prezidenti Milosh Zeman ANO partiyasi boshlig’i Andrey Babishni bosh vazir etib tayinlash niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda lidovky.cz portali xabar bermoqda.

Foto: lidovky.cz

«Men Bosh vazirni tayinlaganimda Andrey Babishni nomzodini ilgari surishga harakat qilaman … Parlament deputatlari palatasi uning nomzodini ma’qullaydi», – dedi Zeman.

Prezident agarda Babishni birinchi urinishda bosh vazir qila olmasa, konstitutsiya bo’yicha ikkinchi bor ham urinib ko’rinishini qo’shib qo’ydi.

Chexiyada o’tkazilgan parlament saylovlarida milliarder Andrey Babishning ANO partiyasi 29 foizdan ziyod ovozga ega bo’ldi. Shu bilan birga, ANO nafaqat umumiy miqdorda, balki har bir alohida hududda ham g’olib bo’ldi.

Latest from Blog