Chexiya Respublikasi hukumati 2018/2019-o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik talabalarga hukumat stipendiyalarini ajratdi. Bu haqda Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasi saytida ma’lum qilindi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar http://registr.dzs.cz/registr.nsf sahifasida 30-sentabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
“Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasi stipendiyaga nomzodlarni tanlash jarayonida ishtirok etmaydi”, — deyiladi xabarda.