Foto: Vinegret.cz

Chexiya milliy aviatashuvchisi bankrot deb eʼlon qilindi

/

Praga sudi Chexiya aviakompaniyasini bankrot deb eʼlon qildi. Koronavirus pandemiyasi tufayli ogʻir ahvolda boʻlgan milliy aviatashuvchining oʻzi bankrotlikka daʼvo qildi.

“Sud qarzdorning oʻz talablarini hali roʻyxatdan oʻtkazmagan kreditorlarini buni ikki oy ichida amalga oshirishga chaqiradi”, deb qaror qildi Praga shahar sudi 10-mart kuni.

Xabar qilinishicha, Pragada joylashgan Smartwings guruhining shoʻba korxonasi boʻlgan Chexiya aviakompaniyasining 1,8 milliard chex kronasi (qariyb 80 million dollar) qarzi bor.

Hali ham jadval boʻyicha parvoz qilayotgan kompaniya fevral oyining oxirida moliyaviy toʻlovga qodir emasligi toʻgʻrisidagi qonunga binoan qayta tashkil etish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilganini eʼlon qildi.

Aviakompaniya moliyaviy qiyinchiliklarning sababi sifatida koronavirus inqirozini koʻrsatdi. Kompaniya, xorijiy raqobatchilardan farqli oʻlaroq, hech qachon hukumat yordamini olmaganidan shikoyat qildi. Pandemiya sababli aviakompaniya yuzlab xodimlarini ishdan boʻshatishga majbur boʻldi. Chexiya aviakompaniyasi oʻtgan yili 60 million yevroni yoʻqotdi va sotuvlar 2019-yilga nisbatan 20 foizga kamaydi.

Latest from Blog