Chet ellik sayyohlar uchun Uzbekistan Pass hujjati joriy qilinadi

O‘zbekistonda boshqa mamlakatlarga o‘xshab chet ellik sayyohlar uchun maxsus Uzbekistan Pass hujjati (propusk)ni joriy qilish rejalashtirilmoqda, deb yozadi“Gazeta.uz” Prezidentning 16-avgustdagi “2018—2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga tayanib.

Foto: Pixabay

Hujjatga muvofiq, butun respublika hududida amal qiladigan hamda mahsulotlar va xizmatlarni chegirma bilan, shu jumladan onlayn tarzda sotib olish imkonini beruvchi maxsus plastik karta chiqarish taklif qilinmoqda.

Uzbekistan Pass’ni aeroportlarda, mehmonxonalarda va boshqa joylarda sotib olish mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonga kirish uchun viza olishda Uzbekistan Pass bepul tarqatilishi ham mumkin.

Uzbekistan Pass turoperatorlar xizmatlari paketiga kiritilishi rejalashtirilgan. Hujjat madaniyat obyektlariga tashrif buyurishda chegirmalarni ham ko‘zda tutishi mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar