Chet elga chiqishda “taqiq” borligini tekshirish osonlashdi

Pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati boʻlmasligi lozim.

taqiq
zen.yandex.ru

Qarzdorlik oʻz vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga “taqiq” qo`yilishiga sabab boʻladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi maʼlum qildi.

Endilikda qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda oʻzingizga nisbatan taqiq bor yoki yoʻqligini bilib olish mumkin.

Shuningdek, mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda “PAYME”, “CLICK”, “UPay” va boshqa toʻlov tizimlari orqali toʻlash imkoniyati yaratilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog