Foto: gettyimages

“Chelsi” Yevropa Superkubogi sohibi boʻldi

11-avgustdan 12-avgustga oʻtar kechasi Yevropa Superkubogi doirasida “Chelsi” hamda “Vilyarreal” jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Oʻyinning 27-daqiqasida Hakim Ziyesh gol urib, “Chelsi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada Jerrard Moreno ham toʻp kiritdi va hisobni tenglashtirdi.

Mazkur hisob oʻyin soʻnggiga qadar oʻzgarmadi va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar bordi. Bunda “Chelsi” jamoasi 6:5 hisobida gʻalaba qozondi hamda Yevropa Superkubogi sohibi boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, “Chelsi” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasida, “Vilyarreal” esa Yevropa ligasida chempion boʻlgan edi.

Latest from Blog