«Chelsi» chempionlikni qachon nishonlashi ma’lum bo‘ldi

“Chelsi” klubi rahbariyati Angliya chempionatidagi g‘oliblikni nishonlash tadbirini tashkil qiladi. Bu haqda uff.uz portali xabar qilmoqda.

Foto: Daily Mail

28-may kuni jamoa London ko‘chalari bo‘ylab usti ochiq avtobusda kubokni ko‘targan holda “Stemford Brij” tomon harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar 12-may kuni “Vest Bromvich”ni (1:0) mag‘lub qilib, chempionlik sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

27-may kuni Angliya kubogi finalida “Chelsi” hamshahari “Arsenal” bilan o‘ynaydi.

Latest from Blog