Charter reyslari orqali Rossiyadan minglab Oʻzbekiston fuqarolari olib kelindi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan oʻz Vataniga olib kelish boʻyicha temir yoʻl va charter reyslari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 21-sentabr kuni 2641 nafar fuqaroni Oʻzbekistonga olib kelish uchun Moskva shahridan 6 ta, Sankt-Peterburg shahridan 3 ta, Rostov-Don shahridan 1 ta va Turkiyadan 2 ta charter reyslari amalga oshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 253 nafar hamyurtimiz “Uzbekistan Airways” AJning “Toshkent – Minsk – Toshkent” va “Toshkent – Bishkek – Toshkent” yoʻnalishlaridagi hamda “Asiana Airlines”ning “Seul – Toshkent – Seul” yoʻnalishidagi muntazam reyslar orqali Vatanga qaytdi.

Bundan tashqari, 21-sentabrda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning poyezdlarida 2538 nafar hamyurtlarimiz Novosibirsk, Rostov-Don va Samara shaharlaridan Oʻzbekistonga yetib kelishdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog