Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi oldidagi majburiyatlarini bajarishga tayyor


Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun tayyor, lekin Bryusselni ittifoqdan chiqish vaqtidagi muzokaralarda bu mavzuga to‘xtalmasligini so‘raydi. Bu haqda Britaniya Moliya vaziri Filip Xammond Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

“Buyuk Britaniya odatdagiday o‘z majburiyatlarini bajaradi, biroq gap muayyan ko‘rsatkichlar haqida ketmayapti. Biz avval Yevropa Ittifoqi oldidagi majburiyat va huquqlarimizni puxtalik bilan aniqlab olishimiz lozim,” – detydi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzuda “sobit bo‘lish” mumkin emas.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, agarda London va Bryussel barcha masalalarni hal etmasa, Brexit “og‘ir” senariyda rol o‘ynaydi. U holda Yevropa Ittifoqi bilan savdo munosabatlari Xalqaro Savdo tashkiloti normalari asosida amalga oshiriladi.

Latest from Blog