Buyuk Britaniya TIV doimiy kotibi Saymon Makdonald O‘zbekistonga keladi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald 24-sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Day.Az

Tashrif davomida Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Saymon Makdonald Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi. Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar