Buxoroda muhtoj oilalarga biznes uchun 1000 ta konteyner ajratiladi

Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilalar uchun biznes ob’ektlari sifatida ishlatilishi va aholiga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 1000 ta konteyner ajratiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Yaqinda viloyatga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev dengiz konteynerlaridan bunyod etilgan modulli bloklar taqdimoti bilan tanishgan edi. Ularda xizmat koʻrsatish punktlari (sartaroshxonalar, tikuvchilik ustaxonalari, doʻkonlar va boshqalar) sifatida uchun moʻljallangan. Davlat rahbari ushbu gʻoyani maʼqullagan edi va konteynerlar narxini 30 foizga pasaytirishni buyurgan edi.

Yuk tashish konteynerlaridan foydalanish orqali «temir daftar» ro‘yxatidan muhtojlarni ish bilan ta’minlash va ularni xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb qilish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar respublikaning turli hududlaridan 1000 donaga yaqin konteynerlar yig‘ilmoqda.

Latest from Blog