Buxoroda 22 nafar mansabdor ishdan olindi

Foto: Kun.uz

Prezident Xalq qabulxonasi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 2020-yilda Buxoro viloyati, tuman va shahar Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati tizimli o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 644 ta ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan choralar ko‘rish to‘g‘risida 49 ta taklif kiritildi.

«Kiritilgan taqdimnoma va takliflarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining 234 nafari ogohlantirildi.179 nafariga nisbatan ogohlantirish va 26 nafariga nisbatan oylik ish haqining 30 foizigacha jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. 22 nafari egallab turgan lavozimlaridan ood qilindi, 2 nafariga maʼmuriy jazo choralari qo‘llanildi»,- deya qayd etdi O‘zbekiston prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Maʼmur Rahmonqulov.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog