Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov lavozimidan ozod etildi

Foto: Kun.uz

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” Bosh prokuraturaga tayanib.

“U o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi va Buxoro viloyati kadrlar ixtiyorida”, — deyiladi xabarda va Jasur Fozilov vaqtinchalik ishlamayotgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 11-dekabrda Jasur Fozilov Shavkat Mirziyoyev va Prezident administratsiyasi rahbariga videomurojaat yo‘llab, unda bosh prokurorga aloqador bo‘lgan Mustahkam Qurilish Development qurilish kompaniyasi vakilini so‘roq qilishga chaqirishi ortidan unga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani, uning yakunlari bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda buning uchun javob berishga tayyorligini aytgan.

14-dekabr kuni Jasur Fozilovning vajlarini sinchkovlik bilan har tomonlama va xolisona o‘rganish maqsadida Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan, o‘rganish natijalariga ko‘ra, Jasur Fozilov 20-dekabr kuni o‘z lavozimiga tiklangandi.

Shu bilan birga, ishiga qaytgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun unga nisbatan hayfsan e’lon qilingan. Shunga qaramay u “tekshiruv natijasidan qanoatlangan”.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog