Foto: DW

Bundesver samolyotlari Germaniya fuqarolari uchun Afgʻonistonga uchdi

/

Germaniya oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Afgʻonistonga uchta Bundesver samolyotini joʻnatmoqda: bir samolyot allaqachon uchib ketgan, yana ikkitasi uchishga tayyorlanmoqda, dedi jurnalistlarga Germaniya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi David Helmbold.

Deutsche Welle xabar berishicha, hozirgi evakuatsiya operatsiyasi Germaniya tarixidagi eng yirik operatsiyalardan biri boʻladi. 15 avgust, Kobulni Tolibon qoʻlga kiritgan kuni, Fransiya Tashqi ishlar vazirligidagi inqiroz shtabi oʻz fuqarolarini harbiy samolyotlarda Afgʻonistondan olib chiqishga qaror qildi.

Berlin Afgʻonistonda hozir qancha germaniyaliklar borligini bilmaydi, chunki Germaniya fuqarolari kelgandan keyin roʻyxatdan oʻtishlari shart emas.

Diplomatlardan tashqari, Germaniyaning boshqa fuqarolari, shuningdek, nemislar bilan hamkorlik qilgan va ularga ishlarida yordam bergan afgʻonistonliklar olib ketiladi.

Dpa maʼlumotiga koʻra, 16-avgustga oʻtar kechasi Germaniyaning Kobuldagi elchixonasining 40 nafar xodimi Amerika samolyoti bilan Dohaga uchib ketishgan. Maxsus evakuatsiya operatsiyasida harbiylar va desantchilardan tashqari, harbiy politsiya va tibbiyot xodimlari ham ishtirok etadi. Germaniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati missiyani shaxsiy tarkib uchun xavfli deb atadi.

Kansler va hukumat vakili Shteffen Zaybertning aytishicha, Germaniya hozir Kobuldagi asosiy vazifasini Germaniyaning Afgʻonistondagi elchixonasi xavfsizligini taʼminlash va Germaniya fuqarolarining mamlakatni tark etishiga yordam berishda koʻradi.

Afgʻoniston fuqarolarini koʻplab davlatlar, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya evakuatsiya qiladi. Italiya va Finlyandiya diplomatlari allaqachon Kobuldan evakuatsiya qilingan. Kobul aeroporti evakuatsiyani muvofiqlashtiruvchi AQSh harbiylari nazoratiga oʻtdi.

Latest from Blog