Bulung’ur hokimi qiynalayotgan fuqarolar uchun ish o’rinlarini 2021-yilgacha band qilib qo’ymoqchi

Bulung’ur tumani hokimining “Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini 2021-yil uchun band qilib qo’yish to’g’risida”gi qarori loyihasi O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

ijtimoiy muhofazaga muhtoj
teletype.in

Ushbu qaror amaliyotga joriy qilingan taqdirda, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar quyidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalari uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yishi lozim bo’ladi.
Xususan:
– o’n to’rt yoshgacha bolalari bo’lgan va nogiron bolalari bo’lgan yolg’iz va ko’p bolali ota-onalar uchun 40 foiz (215 kishi);
– umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo’yicha ta’lim olgan bitiruvchilari 52 foiz (280 kishi);
– safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o’tagan va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar va nogironlar uchun 3 foizdan (16-11 kishi);
– pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 1 foiz (6 kishi);
– jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko’ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo’llanilishidan ozod qilingan shaxslar 1 foiz (3 kishi);
– Atrofdagilar uchun xavf tug’dirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar va odam savdosi qurbonlari uchun 1 foizdan (2 kishidan).
Qarorga ko’ra, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga 2021-yilning 10-apreligacha kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizini, 2021-yilning 20-dekabr sanasidan kechikmay qolgan 75 foizini ish joylarini (ajratish yoki band qilib qo’yish) vazifasi yuklatilishi mumkin.
Shu bilan birga, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ish joylari sanitariya, gigiyena normalariga va xodim o’z majburiyatlarini bemalol bajarishini ta’minlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq bo’lishini ta’minlab berishi talab etiladi.
Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin bo’ladi.
Qarorda belgilangan ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolarga kerakli ish o’rinlaridan ham ko’proq joy ajrata olgan mansabdor shaxslar tegishli hujjatlarda belgilangan tartibda subsidiya olish huquqini va ish o’rinlarni tashkil etishga sarflangan mablag’larining bir qismini Markaz bilan tuzilgan shartnoma asosida Aholi bandligiga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplash huquqini qo’lga kiritishadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog