Buloqboshida tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi 500 dollar pora olayotganida ushlandi

Foto: Xs.uz

Andijon viloyati Buloqboshi tumani qurilish bo‘limi mutaxassisi 6 sotix yerni turar joy toifasiga o‘zgartirib berish evaziga 500 dollar miqdorida pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi Z.U. fuqaro T.S.ga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydonining 6 sotixini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali turar joy toifasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog