/

Bulbulning Shushadagi uy-muzeyini qayta tiklash loyihasi ishlab chiqilmoqda

Foto: Wikipedia

Shusha shahridagi Bulbul uy-muzeyini qayta tiklash boʻyicha loyiha ishlab chiqilmoqda, dedi Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov chorshanba kuni jurnalistlarga.

“Maʼlumki, Polad Bulbuloʻgʻli (Ozarbayjonning Rossiyadagi elchisi, Ozarbayjon xalq artisti, taniqli qoʻshiqchi, SSSR xalq artisti Bulbuling oʻgʻli — tahr.) yaqinda Shusha shahriga tashrif buyurdi. Loyiha tasdiqlangach, ish boshlanadi“, — deya taʼkidladi Karimov.

Bulbul uy-muzeyi Shusha ishgʻol qilinishi — 1992-yil 8-maygacha ishlagan va Bokudagi Yodgorlik muzeyining filiali hisoblanadi. Aynan shu uyda Bulbul (Murtuza Mashadi Rizo oʻgʻli Mamedov, 1897-1961) tugʻilgan. Bu uyda uning bolaligi oʻtgan, u shu yerda ilk bora musiqa olamiga shoʻngʻigan, taniqli xonandalarni tinglagan. 1983-yil 29-iyulda muzey filialining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan.

Muzey old qismidagi yodgorlik taxtalari orasida haykaltarosh Xanlar Ahmadov tomonidan Bulbulning bolaligining bronza portreti ham yasalgan. Muzeyda Bulbulning ijodiy, ilmiy, pedagogik va jamoat faoliyatini aks ettiruvchi 9000 ga yaqin hujjatlar toʻplangan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog