Bukingem saroyi sotiladimi?!

Bukingem saroyi – London qarorgohi va hozirda qirolicha Yelizaveta II, Britaniya monarxining rasmiy qarorgohidir. Vestminster shahrida joylashgan bu ajoyib bino 300 yoshdan oshgan.

Britaniyadagi onlayn-mulk agenti Emoov tarixiy binoning qiymatini taxminan eʼlon qildi.
Onlayn ko’chmas mulk agenti o’z veb-saytida Bukingem saroyini namoyish qilar ekan, goʻyo saroy sotuvga qo’yilgandek tasavvur beradi.

Saroyda 240 ta yotoqxona, 19 ta hukumat xonasi, 78 ta hammom bor.
Saroyning asosiy xususiyati shundaki, u Viktoriya magistral stantsiyasiga yaqin va qirolichaning o’z suzish havzasi, shifokorlar xizmati va qoʻriqlash tizimi mavjud.

Saroy tavsiflanar ekan unda yana shunday deyilgan: “Emoov bozorga tom ma’noda qirollik uyini olib kirganidan juda xursand.”

Aslida esa unday emas! Britaniyaning Express nashri Onlayn savdo agentiga “o’zingizni qirolichaning saroyida yashayotganingizni tasavvur qilishning zarari yoʻqmi?”, deya bergan savoliga u “Bukingem saroyi aslida sotilmasligi mumkin”, deb javob qaytardi.

Ammo qirolicha sotishga qaror qilishi kerak bo’lsa, u bozorda qancha pulga ketishi mumkinligi haqida u shunday deydi: “Internet-mulk agentlarining mutaxassislar fikriga tayanib baholashi bo’yicha , saroy eng qimmat qasrdir.”

Veb-sayt dunyodagi yetakchi 20 ta turar joy-uylarini reytingini tuzdi va Bukingem saroyi eng qimmat mulk deb topildi.
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, Saroy qiymati £ 4.9 milliard funtga teng.

Express nashrining hisob-kitoblariga koʻra, bir kvadrat metr uchun sarf-xarajatlarni hisoblab chiqqanda, Bukingem saroyining umumiy maydoni 77 000 m² atrofida; bir kvadrat metr uchun sarf-xarajatlar 64 831 funt sterlingga teng. Bu London markazida kvadrat metr uchun o’rtacha narxdan deyarli 5000 barobar ko’pdir ya’ni 11 523 funt sterlingni tashkil etadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog