Bugundan barcha oliy o‘quv yurtlarida qabul komissiyalari o‘z ishini boshladi

Kecha, 15-iyundan O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida 2017/2018-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi.

Foto: tdau.uz

Xabaringiz bor, joriy yilda qabul komissiyalari 15-iyundan – 15-iyulgacha, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha abiturientlarning hujjatlarini qabul qiladi.

Prezidentning «2017/2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, bakalavr ta’lim yo‘nalishiga 66 ming 316 nafar talaba, shularning 18 194 nafari davlat granti va 48 122 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (100 nafar bakalavr), Navoiy davlat konchilik institutida (90 nafar) va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida (80 nafar) maxsus sirtqi bo‘limlar ochiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar