Foto: UzReport.news

Bugun Qatar tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qatar tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy O‘zbekistonga ilk tashrifini amalga oshiradi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bugun 9-iyun kuni O‘zbekistonga Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

Ta’kidlanishicha, bu Qatar tashqi siyosat idorasi rahbarining O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, transport-kommunikatsiya, xususan, davlatlararo havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan avval Yevropa Ittifoqi Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil oxirida Bryusselga tashrif buyurishini kutayotgani hamda O‘zbekistonning Ummondagi elchisi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Latest from Blog