Foto: Wikipedia

Bugun Eronda birinchi yadro innovatsion markazi ochildi

/

Markazning yaratilishi yadro sanoatida innovatsion ekotizimni shakllantirish va Eron yadroshunos olimlarining yutuqlarini amalda qoʻllash yoʻlidagi birinchi qadam boʻldi, deb yozadi Eron OAV.

Gap, xususan, tibbiyot, sanoat va qishloq xoʻjaligida atom texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida ketmoqda.

Tehronda ushbu markazning ochilish marosimida Eron Atom Energiyasi Tashkilotining rahbari Ali Akbar Solihiy hamda Fan va texnologiyalar boʻyicha vitse-prezident Sorena Sattari qatnashdilar.

2014 yil iyul oyida oltita xalqaro mediatorlar (BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy aʼzosi va Germaniya) hamda Eron tomonidan tasdiqlangan Qoʻshma Harakat Rejasi (JCPOA) Eron yadro dasturining rivojlanishini chekladi.

AQSh JCPOA tarkibidan 2018 yil may oyida chiqib ketganidan bir yil oʻtib, Eron ushbu cheklovlarni asta-sekin bekor qila boshladi.

Hozirda qolgan xalqaro vositachilar — Eron va AQSh Venada Eron yadroviy kelishuvini tiklash uchun harakat qilishmoqda.

Latest from Blog