Bu yil Samarqandning ikki tumanidan tashqari barcha tumanlarida takroriy ekin sifatida kartoshka ekiladi

Joriy yilda Samarqand viloyatining Narpay va Paxtachi tumanlaridan tashqari barcha tumanlarda takroriy ekin sifatida kartoshka ekiladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Foto: Uz24

“Zarafshon” gazetasi yozishicha, o‘tgan yili Samarqand viloyatida g‘alladan bo‘shagan 6534 gektar maydonga kartoshka ekilib, 131278 tonna hosil olingan edi. Bu yil esa ekin maydonini 6695 gektarga yetkazish va 144010 tonna kartoshka yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

SamQXI qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi va seleksiyasi, genetikasi kafedrasi mudiri, professor Ibrohim Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda asosan kartoshkaning “Quvonch-1656M”, “Bahro-30”, “Hamkor-1150”, “Bardoshli-3” kabi navlari ekiladi.

Shuningdek, chetdan keltirilayotgan Sante, Ramona, Kondor kabi navlar ham bor.

Latest from Blog