Bu yil appelyatsiyaga berishning boshlanish muddati va tartibi maʼlum qilindi

Appelyatsiya ariza yoki shikoyatlarini bu yil onlayn tarzda qabul qilish rejalashtirilmoqda. Tanlovlar toʻliq yakunlangandan soʻng ariza berish imkoniyatlari yaratiladi. Bu haqda DTM Bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

unnamed

Uning taʼkidlashicha oktabr oyining boshlarida appelyatsiya shikoyatlarini qabul qilish yoʻlga qoʻyiladi.Barcha materiallar DTMda yigʻilganligi va ekspertlar ham test markazida jamlanganligini inobatga olib, appelyatsiya shikoyatlari test markazida koʻrib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

“Appelyatsiya jarayonlari toʻliq onlayn tarzda uzatiladi, yaʼni ota-onalar bemalol appelyatsiya jarayonlarini onlayn kuzatishlari mumkin boʻladi. Appelyatsiyaga bergan abituriyent test sinovlarida yechgan savollar varaqasi bilan oʻzi bevosita ishtirok etadi.

Taʼkidlash lozimki, abituriyentlar appelyatsiyada qayta sinovdan oʻtkazilmaydi, yaʼni yangi savollar berilmaydi. test sinovida yechgan savollar kitobida belgilangan javoblar bilan appelyatsiya jarayoni koʻrib chiqiladi”, dedi B.Rajabov.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog