Brusselda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchligidagi delegatsiya 2017-yilning 17-iyul kuni Brussel shahrida “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: The European Post

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Brussel shahrida Yevropa Ittifoqi, Belgiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar va turli shakllardagi boshqa uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Latest from Blog