Britaniya YIdan chiqish uchun 100 milliard yevroni to‘lashdan bosh tortmoqda

1


Buyuk Britaniya Brexit uchun 100 milliard yevro to‘lamaydi. Bu haqda 3-may kuni Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish ishlari vaziri Devid Devis ma’lum qildi, deya xabar berdi Reuters.

“Biz avval Britaniyaning majburiyatlari va huquqlari masalasida bir to‘xtamga kelib olishimiz zarur”, – deydi siyosatchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumati xozircha Bryusseldan YIdan chiqish uchun to‘lanadigan konkret summa haqidagi ma’lumotni olgani yo‘q.

Financial Times gazetasinig xabariga ko‘ra, Germaniya hamda Fransiya Brexit uchun 100 milliard yevro talab qilmoqda. Yevrokomissiya boshlig‘i Jan-Klod Yunker esa Londonga 50 milliard funt sterling talabini qo‘ygan. Avstraliya kansleri – 60 milliard.

Talabgorlar Britaniyani Yevropa Ittifoqi oldidagi moliyaviy majburiyatlarini turli baholashmoqda. Britaniya hukumatining esa 3 milliarddan ortiq to‘lash niyati yo‘q.

Fikr bildirish

Latest from Blog