Britaniya muzeyi Oʻzbekistondan oʻgʻirlab ketilgan tarixiy yodgorlikni qaytaradi

Britaniya muzeyi Buxoro shahrida joylashgan Chashmai Ayub maqbarasining oʻgʻirlab ketilgan old qismi parchasini Oʻzbekistonga qaytarishga yordam berdi, deb yozmoqda The Guardian.

Foto: Britaniya Muzeyi

Uzunligi yarim metrdan ortiq boʻlgan, arab yozuvi tushirilgan parcha 2014-yilda gʻoyib boʻlgan.

U shu paytga qadar izsiz yoʻqolgan deb hisoblanardi, ammo yaqinda u Londondagi Mayfair galereyasida sotuvga qoʻyilgan. Yaqinda Oʻzbekistonda boʻlgan Oksford olimi yoʻqolgan plita tasvirini Saymon Rey galereyasi katalogida koʻrib qolgan.

Uni sotib olgan Rey shu zahoti Britaniya muzeyi bilan bogʻlangan. Reyning aytishicha, unga bu parcha Germaniyadagi kollektsiyalardan birida saqlanganini aytishgan.

Muzeyning katta kuratori Sent-Jon Simpson tarixiy yodgorlikning oʻgʻirlanishini dahshatli deb atadi va buni Vestminster abbatligidagi yodgorlik doskasining oʻgʻirlanishi bilan qiyosladi.

«Bu Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, yirik va goʻzal tarixiy yodgorlikka tegishli parcha», — dedi muzey vakili.

Ushbu haftada yodgorlik Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasiga rasmiy ravishda taqdim etiladi.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov nodir yodgorlik qaytarilayotganligi munosabati bilan oʻzining chuqur minnatdorligini bildirdi, deb yozadi The Guardian.

Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi tarixiy manbalarga koʻra Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan. Bu haqda ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379-yilda unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari boʻlgan dahliz qurilganligi yozilgan.

Muqaddas ziyoratgoh binosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan 4 xonadan iborat, har bir xona bir-biriga oʻxshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Binoning qadimiy qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarda Ayyub alayhissalom bu suvsiz joydan oʻtaturib hassasi bilan yerga urgan va chashma hosil boʻlgan, deyiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar