“Bravo” jamoasi aʼzosiga karantin qoidalarini buzgan holda toʻy marosimini oʻtkazgani uchun chora koʻrildi

Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpchilik qatnashgan toʻy videosi tarqamoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB masʼul xodimlari tomonidan oʻrganildi. Mazkur video 9-sentabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida olingan boʻlib, u yerga 29 yoshli Ahmadjon T. kuyov sifatida oʻrtoqlari bilan kelgan. Bundan tashqari, Ahmadjon T. toʻyini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va toʻyga 40 nafardan oshiq mehmonlar kelishgan.

bravo
iibb.uz

“Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54-moddasi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli fuqarolar! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi yoʻqolganidan darak bermaydi. Sizdan quyidagi sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz: jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish zarur, shuningdek ijtimoiy masofa saqlash muhimdir, toʻy tadbirlarini 30 kishi ishtirokida oʻtkazish lozim. Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat boʻling” deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog